Bugun O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasida navbatdan tashqari yig`ilish bo`lib o`tdi.
Uyushma axborot xizmati xabar berishicha, tadbirda tashkiliy masala ko`rilgan.
Shu vaqtgacha O`zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari vazifasida ishlab kelgan Nodirjon Jonuzoqovich Xolbo`taev raisning Ijodiy ishlar bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Nodir Jonuzoq Prezident maslahatchisi o`rinbosarligidan ketganligi xabar qilingandi.






