“O`zgidromet” yilning eng so`nggi kuni - 31 dekabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 0-2 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi esa 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi esa 3-8 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoviloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq esa 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi esa 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi esa 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi esa 3 darja sovuq 2 daraja iliq bo`ladi.






