2023 yil Suv quyoni yili bo`ladi. Yil jonivorining rangi qora, ko`k, och va to`q ko`k, lojuvarddir. Negaki Venera 2023 yilning hukmron sayyorasi bo`ladi. Yil homiysi Venera shaxsiy hayotdagi yoqimli o`zgarishlarga hissa qo`shadi, umuman ko`plab burj vakillari uchun bu yil omadli bo`ladi. Bu yil tinch-xotirjamligi va uyg`un qiziqarli xususiyati bilan ajralib turadi. Chunki yil timsoli – Quyonning o`zi ham muloyim, yumshoq, barakali hayvondir.
Bunday oldingi “Quyon” muchalidagi yillar quyidagilar: 1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011.
2023 yil ramzi – Qora suv quyoni
Kelayotgan yil eng baxtli yillardan bo`lishi kutilmoqda. U noxush voqealardan yiroq. Quyon muchali ostidagi yilda hayot o`lchovli va xotirjam bo`lishi kuzatilgan.
Quyon shovqinli ziyofatlarni yoqtirmaydi ham shinam uchrashuvlarni afzal ko`radi.
Nikoh uchun 2023 yil juda qulay, chunki Quyon oilani qadrlaydi!
Esingizda bo`lsin, bu yil nima qilsangiz ham, mutanosiblik va qadr-qimmat tuyg`usini saqlab qolish muhimdir.
- Shuningdek, Quyon yili sayohat va yangi bilimlarni o`rganish uchun qulay. Ammo bu borada eng mayda masalalargacha hisobga olish zarur.
- Bu yil uy-joy muammosini hal qilish uchun ham omadli. Lekin esingizda bo`lsin, siz Yangi yilga hech qanday qarzsiz kirishingiz kerak. Bu kreditlar, turli to`lovlarni to`lash va, eng muhimi, munosabatlarga tegishli.
“Quyon” yilida tug`ilgan bola qanday bo`ladi?
2023 yil farzandli bo`lish uchun yaxshi vaqt, negaki bu yil Suv quyoni yili. Xitoy astrologiyasida esa SUV uzoq umr va tinchlikni anglatadi, QUYoN esa hushyorlik, zukkolik, ehtiyotkorlik, epchillik va o`zini himoya qilish timsoli. Suv quyoni yilida tug`ilganlar butun umri davomida omadli bo`lishadi. “Quyon” xitoy astrologiyasiga ko`ra, Oy ma`budasi bilan chambarchas bog`liq.
QUYoNLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
- Quyonlar odatda juda ko`p dushmanlar bo`lishiga qaramay (deyarli barcha yirtqichlar quyonlarni eyishadi!) tabiatda o`z sergakligi va chaqqonligi bois omon qoladilar.
- Quyonlar 150 xil rangda bo`lishi aniqlangan!
- Quyon sekundiga ikkita chaynash harakatini bajaradi. Va u bir necha soat to`xtamasdan chaynashi mumkin. Uning uchun qattiq ovqatni chaynash muhimdir. Aks holda, tishlarida muammolar paydo bo`ladi.
- Bu hayvonlar 56 km/soat tezlikda chopa oladi.
- Quyonlarning ayrim turlari daraxtlarga chiqishni ham uddalaydi.
- Ko`pincha quyonlar guruh bo`lib yashaydilar.
Manzura BAXTIYoR qizi tayyorladi