AsosiyJamiyat

Kecha biz qo`shni O`zbekiston bilan chegara masalasiga nuqta qo`ydik - Qirg`iziston prezidenti

'Kecha biz qo`shni O`zbekiston bilan chegara masalasiga nuqta qo`ydik - Qirg`iziston prezidenti'ning rasmi

Qirg`iziston va O`zbekiston umumiy chegara o`rnatish va barcha chegaraviy kelishmovchiliklarni hal qilishga kelishib oldilar. Bu haqda Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov ma`lum qildi.

"Kecha biz qo`shni O`zbekiston bilan chegara masalasiga nuqta qo`ydik", - degan Sadir Japarov.

Prezident  mamlakatda Andijon suv omborining O`zbekistonga berilishiga qarshi bo`layotgan noroziliklarga shaxsiy maqsadlarini ko`zlagan kuchlar turtki berganini aytgan.

"Ularning asosiy maqsadi amalga oshmadi, chunki odamlar muammo qanday hal qilinayotganini to`liq tushunishdi", dedi u.

Unga ko`ra, O`zbekiston Toshkent bilan kelishilgan holda chegara hududlaridagi qirg`iz qishloqlarini suv bilan ta`minlash majburiyatini oladi. 

"Ammo hozirda bunday ehtiyoj yo`q. Agar kelajakda suvga ehtiyoj bo`lsa, suv ta`minoti masalasini hal qilamiz”, - deya tushuntirdi u.

Qirg`iziston-O`zbekiston chegarasining uzunligi 1300 km dan ortiq. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin qariyb 30 yil davomida Bishkek va Toshkent chegarani demarkasiya va delimitasiya qilish borasida kelisha olmadi. Tomonlar 2017 yilning kuzida jarayonni faollashtirishga muvaffaq bo`lishdi, 2022 yil boshida 50 ga yaqin bahsli uchastkalar mavjud bo`lgan so`nggi 230 km chegara hududi qolgan edi. Kuzda ikki davlat parlamentlari chegara masalalarini hal etish bo`yicha kelishuvlarni ratifikasiya qilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar