AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 31 dekabr kuni ham obodonlashtirish xodimlari ishga chiqarildi (video)

'Surxondaryoda 31 dekabr kuni ham obodonlashtirish xodimlari ishga chiqarildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 31 dekabr kuni obodonlashtirish bo`limi xodimlari ishga chiqarilgani haqida video tarqaldi.

Viloyat hokimligning ma`lum qilishicha, Navro`z mahallasi hududidan o`tuvchi avtomobil yo`li yoqasida obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan xodimlar “Surxondaryoyo`lko`kalam” unitar korxonasi xodimlari bo`lgan.

Ishchi xodimlar o`z roziligiga asosan 2022 yil 31 dekabr va 2023 yil 2—3-yanvar dam olish kunlari qonunchilikka muvofiq ish haqini ikki hissa to`lash sharti bilan ishga jalb qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar