Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi yil bayrami kuni ayni paytda Toshkentning Yangi Choshtepa mavzesida “svet” yo`qligi aytilgan video tarqaldi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, Yangihayot tumanidagi Yangi Choshtepa hududini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi tarmoqda nosozlik yuzaga kelgan. Qayd etilishicha, hozirgi paytda tuman elektr ta`minoti korxonasi brigadasi ushbu nosozlikni bartaraf etilmoqda.
"Nosozlik tez orada bartaraf etiladi va hududning elektr ta`minoti qayta tiklanadi. Respublika bo`ylab 400ga yaqin tezkor brigadalari bugun shay turishibdi. Avariyaviy xolatlar tezkor bartaraf etiladi", -deydi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot kotibi "Darakchi.uz"ga.
Energetika vazirligi bayram kunlari "svet" o`chmasligiga va`da bergan edi.






