2023 yil 1 yanvar soat 17.00 holatiga ko`ra, mamlakatimizda jami 1312 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
Ularning:
687 nafari o`g`il,
625 nafari qiz.
Eng ko`p tug`ilish Farg`ona viloyatida (172 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o`rinlarni:
Qashqadaryo viloyati (169 nafar),
Namangan viloyati (137 nafar),
Surxondaryo viloyati (133 nafar),
Samarqand viloyati (121 nafar) band etdi.
Eng kam tug`ilish esa Sirdaryo viloyati (35 nafar) hissasiga to`g`ri keldi.
E`tiborlisi, tug`ilganlarning 7 nafari egizakdir.
Ayni paytda shifokorlarimiz go`daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo`yicha sifatli tibbiy xizmat ko`rsatmoqda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 227 ta tug`uruq kompleksida ham tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko`rsatmoqda.






