Kecha, 1 yanvar kuni soat 17:34 da Samarqand viloyat FVBga uy yonayotgani bo`yicha xabar kelib tushgan.
Ma`lum qilinishicha, yong`in Samarqand shahri MFY, Bobur ko`chasidagi xonadonlardan birida sodir bo`lgan. Voqea joyiga 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Yong`inga soat 17:44 da etib borgan ekipaj uni 1 soatdan oshiq vaqtda (18:55 da) o`chirishga erishgan.
Ushbu baxsiz voqea natijasida 2 ta xonadonning taxminan 200 m.kv maydonda shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan.
Yong`indan xonadonlarning taxminan 80 kv.m maydoni saqlab qolindi. Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
02.01.2023 10:44
Samarqandda ikkita uy yonib ketdi. Holat bo`yicha viloyat FVB ma`lumot berdi






