AsosiyJamiyat

Buxorodan Toshkentga kelayotgan "Afrosiyob" poezdi to`xtab qoldi

'Buxorodan Toshkentga kelayotgan "Afrosiyob" poezdi to`xtab qoldi'ning rasmi

Buxoro—Toshkent yo`nalishidagi "Afrosiyob" tezyurar poezdi nosozlik sabab Chinozda to`xtab qoldi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 1 yanvar kuni Buxoro—Toshkent yo`nalishidagi 769-sonli "Afrosiyob" yuqori tezlikda harkatlanuvchi elektropoezdi elektr kuchlanishli sim tarmog`idagi nosozlik sababli Yangi Chinoz—Chinoz peregon oralig`ida to`xtab qolgan.

Yo`lovchilarni manzilga xavfsiz etkazib kelish maqsadida 20:35 da Toshkent Shimoliy vokzalidan zaxira "Afrosiyob" elektrpoezdi jo`natilgan va ushbu poezd Chinoz bekatiga 21:05 etib borgan. 269 nafar yo`lovchi zaxira poezdiga xavfsiz o`tkazilgan va poezd Toshkent-Markaziy vokzaliga 22:05da etib kelgan.

"Yo`lovchilarga yo`l davomida qo`shimcha issiq choy-kofe va oziq-ovqat bepul tarqatildi. 269 nafar yo`lovchiga chipta narxi to`liq qaytarib beriladi", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar