AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ayrim joylarida yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi xabar qilindi

'Bugun O`zbekistonning ayrim joylarida yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi xabar qilindi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, faqat Surxondaryo viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarga 17-22 m/s gacha kuchayishi, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarga 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti  bilan yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat 4-6° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar