Qirg`izistonda barcha davlat muassasalari va ommaviy tadbirlarda fonogramma orqali ijro etish taqiqlandi.
Tegishli buyruq 2022 yil 30 dekabrda Madaniyat vaziri Altinbek Maksutov tomonidan imzolangan.
Vazirlik tasarrufidagi barcha davlat madaniy-ma`rifiy muassasalarida (teatr, sport muassasalari, filarmoniya, konsert zallari, kinozal, klub, muzey, kutubxonalar), konsert dasturlarida, madaniy-ma`rifiy tadbirlarda, shaxsiy yoki buyurtma asosidagi chiqishlardan qat`i. nazar musiqa jonli ijro etilishi kerak.
Vazir buyruq ijrosi uchun har bir muassasa mas`ul bo`lishini aytib, buyruq ijrosini shaxsan o`zi nazorat qilishi haqida ogohlantirdi.






