AsosiyJamiyat

AQShning O`zbekistondagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

'AQShning O`zbekistondagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

AQShning O`zbekistondagi elchixonasi Meksika chegarasi orqali Qo`shma Shtatlar hududiga noqonuniy kirishga urinish holatlari bo`yicha bayonot berdi.

«AQSh elchixonasi noqonuniy yo`l bilan AQSh hududiga kirishga urinayotgan shaxslar o`z hayotlarini jinoyatchilik, odam savdosi hamda moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanish xavfi ostiga qo`yishlari haqida ogohlantiradi. Noqonuniy yo`l orqali AQShga kelish hech qachon xavfsiz bo`lmagan», – deyiladi bayonotda.

Diplomatik vakolatxona migrantlarni mamlakatga xavf-xatar ostida, noqonuniy tarzda emas, balki qonuniy yo`llar orqali kirishga chorlagan.

Keyingi vaqtlarda O`zbekiston fuqarolarining AQShga Meksika orqali qing`ir yo`llar bilan kirishga urinishi holatlari kuzatilmoqda.

2022 yil dekabr oyida Meksikaning Durango shtati Gomes Palasio shahrida tutqunlikda ushlab turilgan bir guruh O`zbekiston fuqarolari mahalliy polisiya tomonidan qutqarildi. Ma`lum bo`lishicha, o`zbekistonliklar Meksika orqali AQShning Kaliforniya shtatiga noqonuniy ravishda o`tib ketishni rejalashtirgan.

Samarqandda esa Meksika orqali AQShga jo`natish evaziga fuqarolardan katta miqdorda pul undirmoqchi bo`lgan shaxslar DXX tomonidan qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar