AsosiyJamiyat

31 dekabr kuni Samarqandda ommaviy norozilik uyushtirilgani aytilmoqda

'31 dekabr kuni Samarqandda ommaviy norozilik uyushtirilgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida ko`p sonli aholi yig`ilib, ommaviy norozilik uyushtirgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB tushuntirish berdi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu ma`lumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Fuqarolar 31 dekabr kuni ko`chaga bayram tadbirlarini tomosha qilish uchun yig`ilishgan. Tadbirlar yakunlangach, uylariga tarqalishgan.

Bayram tadbiri vaqtida, shuningdek, qora rangli Mercedes-Benz rusumli avtomobil egasi ham xavfli harakatlar bilan «drift» qilgan holatni ko`rish mumkin.

“Ushbu shaxsni aniqlab, uning harakatlariga qonunda belgilangan tartibda huquqiy baho berish choralari ko`rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar