Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida kuchli qor yog`ishi ortidan avtomobillar harakati to`xtatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, vazirlik Qamchiq dovonida yo`lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo`lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlarini muvofiqlashtirib bormoqda. Dovon yo`li avtomobillar harakati uchun ochiq va ikki tomonlama harakat davom etmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko`rishlarini so`ragan.






