AsosiyJamiyat

"Afrosiyob" elektropoezdi yo`lda to`xtab qolganining sababi ma`lum bo`ldi

'"Afrosiyob" elektropoezdi yo`lda to`xtab qolganining sababi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

2023 yil 1 yanvar kuni «Buxoro-Toshkent» reysining Afrosiyob poezdining to`xtab qolishiga bayram kunlari temir yo`l yaqinida uchirilgan «osmon fonusi» sabab bo`lgani aniqlandi.

«O`zbekiston temir yo`llari» matbuot xizmati xabariga ko`ra, kuni kecha tashkil etilgan va voqea joyiga chiqqan idoralararo ekspertlar guruhi shu xulosaga kelgan. 

Ta`kidlanishicha, temir yo`l yaqinida uning uchirilishi vaqtida ushbu jism elektrovozning pantografiga urilib, qisqa tutashuvga olib keldi va kontakt simining qizishiga olib keldi va buning oqibatida elektrovoz elektr ta`minotidan uzilib qoldi.

Kompaniya temir yo`l xududlarida hamda poezdlar yaqinida bunday buyumlardan foydalanmaslikni so`radi.

"Mazkur holatdan ko`rinib turibdiki, birinchi qarashda zararsiz narsalar harakat xavfsizligiga ta`sir qilishi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar