AsosiyJamiyat

Dovonda qolib ketgan fuqarolar evakuasiya qilindi

'Dovonda qolib ketgan fuqarolar evakuasiya qilindi'ning rasmi

FVV xabariga ko`ra, "ANGREN-LAND" oshxonasida FVV rahbarligida daxldor korxona va tashkilotlarning mas`ul va mutasaddilaridan iborat fuqarolarni qabul qilish – evakuasiya shtabi tuzilib, «O`zbekiston temir yo`llari» AJ hamkorligida yo`lda qolib ketgan yo`lovchilarga maxsus reys orqali poezd qatnovi yo`lga qo`yildi va isinish maskanlari tashkil etildi.

«Qamchiq» dovoni yo`llarida qolib ketgan haydovchilarga FVV qutqaruvchilari tomonidan amaliy yordam ko`rsatildi. Shuningdek, «ANGREN-LAND», «ZAMIN-2», «UCHQUDUQ» oshxonalari fuqarolarni vaqtincha qabul qilish hamda «Angren kon metallurgiya» texnikumi, «FAYZ», «SHODIYOR», «ELBA» mehmonxonalari esa joylashtirish uchun faoliyat olib bordi. 

Qamchiqda qor yog`ishdan to`xtagan. Dovon yo`li transportlar harakati uchun vaqtincha yopilgan. Ochilishi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beramiz, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar