Sog`liqni saqlash vazirligi Hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda yangi tayinlangan vazir Amrillo Inoyatov nutq so`zladi. Sohada mavjud kamchiliklar va kelgusidagi ishlar haqida gapirdi.
"Ko`pchilikka ma`lum bo`lgan korrupsiya urchigan bir qator yo`nalishlar borki, birinchi navbatda ularga barham berishimiz kerak.
Xususan, ishga joylashtirish, ayniqsa hamshiralarni, roddomlardagi “suyunchi puli”, “kesarcha kesish” uchun belgilangan stavkalar, order berishdagi tanish-bilishchilik kabi illatlar mavjudligini hamma biladi.
Afsuski, shu ishlarni amalga oshirayotgan ayrim nopok shaxslar tufayli butun tizim sha`niga dog` tushmoqda.
Yangi yilni tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb e`lon qilamiz. Vazirlikning maxsus “Ishonch telefoni” tashkil etiladi.
Shu bilan birga ishonch telefoni sifatida o`zimning shaxsiy raqamimni ham kiritaman..." - dedi Inoyatov.






