2023 yilda Erni magnit bo`roni qoplaydi. U bugun, 4 yanvar kuni bo`lishi bashorat qilinmoqda. Bu haqda “zamon.uz” xabar bermoqda.
4, 6 va 7 yanvar kunlari esa geomagnit maydonning kichik buzilishlari kutilmoqda.
Ma`lumki, magnit bo`ronlari Erning geomagnit maydonining buzilishidir. Ularni Quyosh tomonidan chiqarib yuborilgan zaryadlangan zarralar oqimlari qo`zg`atadi.
Bunday hodisalar bosh og`rig`i, ko`ngil aynishi va qusish, bosh aylanishi, yurak og`rig`i, yuqori yoki past qon bosimi, surunkali kasalliklarning kuchayishi, charchoq va uyquchanlik, asabiylashishni kuchaytiradi.
Mutaxassislar magnit bo`roni ta`siridan himoyalanish uchun qahva, energetik ichimliklar, alkogolli ichimliklar va gazlangan suvdan voz kechishni, o`rniga o`simlik choylarini ichishni tavsiya qilishadi.
Ma`lumot uchun, taxminan 80-100 yilda bir marta Quyoshda superbo`ronlar sodir bo`lib, ular Erda halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.






