Qashqadaryoda fuqarolar mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`ulm qilinishicha, kecha, 3 yanvar kuni taxminan soat 18:20lar chamasida Yakkabog` tumani “Alakuylak” MFYda yashovchi R.A. o`zini boshqaruvida bo`lgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasini “Toshkent-Termiz” M-39 yo`lining 1139 kmda Shahrisabz tumanidan Yakkabog` tumani yo`nalishi tomon boshqarib borib, Yakkabog` tumani “Mevazor” MFY hududida mashinasini old tomoni bilan ushbu yo`lning chap tomonidan yo`lning o`ng tomoniga harakatlanib o`tayotgan Yakkabog` tumani “Navro`z” MFYda yashovchilar J.X., M.M., voyaga etmaganlar Sh.S., Sh.X.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada uch nafar fuqaro olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan. Bir nafari tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkabog` tuman IIB TB tomonidan R.A. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Haydovchi R.A. Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan.






