Samarqand tumanida sodir bo`lgan YTHda ikki nafar piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.
Avtohalokat 2023 yil 1 yanvar kuni soat 21:30 larda Samarqand tumani Usta Umar Jo`raqulov ko`chasida sodir bo`lgan. “AUDI” rusumli avtomashinasi oldiga o`zi bilan bir yo`nalishda ketayotgan ikki nafar piyodalarning yugurib chiqishi natijasida haydovchi B.U. ularni urib yuborib yo`l transport hodisasi sodir qilgan.
YTH oqibatida piyodalar vafot etgan.
Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JK-266 moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, 3 yanvar kuni Qashqadaryoda "Nexia" urib ketishi oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan edi.






