AsosiyJamiyat

Andijonda maktab o`quvchisi 4 nafar sinfdoshi bilan YTHga uchradi. Qurbon bor

'Andijonda maktab o`quvchisi 4 nafar sinfdoshi bilan YTHga uchradi. Qurbon bor'ning rasmi

Andijonda 11-sinf o`quvchisi ijaraga olingan Spark mashinasida 4 nafar sinfdoshi bilan YTHga uchradi.

Xabarda aytilishicha, yigit yo`lda mashina boshqaruvini yo`qotgan va chetda to`xtab turgan yuk avtomobiliga borib urilgan. Buning oqibatida maktab o`quvchilaridan biri vafot etgan, qolganlari og`ir ahvolda.

Andijon viloyat YHXB ma`lumotiga ko`ra, 2022 yil davomida hududda 4000 mingga yaqin guvohnomasiz avtomobil boshqarish holatlari aniqlangan. Bunda voyaga etmagan bolalarga qarindoshlari tomonidan mashina ishonib topshirilgan holatlar ham mavjud.

    Boshqa yangiliklar