AsosiyJamiyat

Bu yil O`zbekistondagi 1 008 ta kasalxona binosida quyosh panellari o`rnatiladi

'Bu yil O`zbekistondagi 1 008 ta kasalxona binosida quyosh panellari o`rnatiladi'ning rasmi

Cog`liqni saqlash vaziri A. Inoyatov bugun bo`lib o`tgan vazirlik Hay`at yig`ilishida kuz-qish mavsumini betalofat o`tkazish choralarini ko`rish masalasiga ham alohida to`xtalib o`tdi:

— Tibbiyot muassasalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta`minlash maqsadida jami 437 ta dizel generatori xarid qilindi, — dedi vazir. — Ularning barchasi yanvar-fevral oylarida joylarga etkazib beriladi.

Bundan tashqari, 2022-2023 yillarda Sog`liqni saqlash tizimidagi 1 540 ta tibbiyot muassasasiga muqobil energiya manbalarini o`rnatish belgilangan.

Hozir 107 ta tibbiyot muassasasiga 124 kVt. quvvatga ega quyosh panellari, 4 400 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari o`rnatildi.

Shuningdek, sog`liqni saqlash tizimiga ajratilgan mablag`lar doirasida jami 425 ta (shundan 375 tasi mahalla tibbiyot punktlari hamda 50 tasi oilaviy shifokorlik punktlari hamda oilaviy poliklinikalar uchun mo`ljallangan) 2 352 kVt. quvvatga ega quyosh panellari xarid qilindi va ular joriy yilning birinchi choragida o`rnatib, ishga tushiriladi.  

Bundan tashqari, vazirlikning ma`muriy binosiga 100 kVt. quvvatga ega quyosh panellarini o`rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

2023 yilda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda yana 1 008 ta ob`ektda 4 427 kVt. quvvatga ega quyosh panellari o`rnatishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar