AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada inson miyasi bilan ozuqlanuvchi amyobadan birinchi o`lim qayd etildi

'Janubiy Koreyada inson miyasi bilan ozuqlanuvchi amyobadan birinchi o`lim qayd etildi'ning rasmi

Janubiy Koreyada inson miyasini iste`mol qiluvchi amyoba infeksiyasining birinchi holati tasdiqlandi. Infeksiya meningitdan vafot etganlikda gumonlangan Janubiy Koreya fuqarosida aniqlangan. Bu haqda Koreabiomed xabar bermoqda. 

Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, marhum 4 oy davomida Tailandda bo`lgan va 10 dekabr kuni Janubiy Koreyaga qaytib kelgan. Erkakda bosh og`rig`i, isitma, qusish, nutq funksiyasining buzilishi va boshqa alomatlar bo`lgan va uyga qaytganidan 11 kun o`tib shifoxonada vafot etgan. Qo`shimcha tekshiruvlardan so`ng shifokorlar uning Fauler amyobasi bilan kasallanganligini tasdiqlashgan.

Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, infeksiya odamdan odamga yuqmaydi. Kasallik suzish paytida, burin yopilmasligi natijasida yuqishi mumkin. Inson burniga o`rnashib olgan amyoba hidlash nerviga yopishib oladi va asab to`qimasini eb, miya tomon harakatlanadi.

Olimning so`zlariga ko`ra, so`nggi 60 yil ichida dunyoda 400 ga yaqin amyobali meningoensefalit qayd etilgan bo`lib, ulardan 150 tasi AQShda aniqlangan. Kasallangan bemorlarning 97 foizi vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar