OAVda mamlakat sobiq prokurori Rashid Qodirov ozodlikka chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, 2019 yil 26 iyun kuni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan O`zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov bundan bir necha kun avval shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan.
2000-2015 yillarda O`zbekistonning bosh prokurori lavozimida faoliyat ko`rsatib kelgan Rashid Qodirov pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator og`ir va o`ta og`ir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgandi.
Eslatib o`tamiz, Respublika Bosh prokurori lavozimida 15 yil ishlagan Rashid Qodirov 2015 yil aprel oyida ishdan bo`shatilgan. Qodirov ilk bor 2018 yilning 22 fevral kuni hibsga olingan.






