Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiyga Parij Kievga “engil tanklar” etkazib berishini aytdi. Bu haqda "eadaily" xabar qilmoqda.
“Prezident AMX-10 RC engil jangovar tanklarini etkazib berishga rozilik berib, Kievga ko`rsatilayotgan harbiy yordamni kuchaytirmoqchi edi”, deb tushuntirgan Elisey saroyidagi manba France-Presse agentligiga bergan intervyusida.
Uning so`zlariga ko`ra, Ukraina qurolli kuchlariga G`arb tomonidan ishlab chiqilgan tanklar birinchi marta etkazib berilmoqda.
AMX-10 RC fransuz og`ir zirhli avtomobil bo`lib, ko`pincha "g`ildirakli tank" sifatida ham tasniflanadi. Fransiya Qurolli Kuchlari buyrug`i bilan Satory Military Vehicles tomonidan zirhli razvedka va patrul mashinasi (BRDM) sifatida yaratilgan bo`lib, u dushman zirhli transport vositalariga ham qarshi kurashishga qodir.
Ma`lum qilinishicha, AQSh va Evropa hozirgi bosqichda Qurolli Kuchlarni “samarali zirhli texnikalar” bilan jihozlashga katta e`tibor qaratmoqda. U erda Kievni mudofaa tanklari deb ataluvchi vositalar bilan ta`minlash zarurligi haqida muzokaralar kuchaydi.