AsosiyJamiyat

⚡️ Tezkor axborot: O`zbekistonda -27 darajagacha sovuq ob-havo kuzatiladi

'⚡️ Tezkor axborot: O`zbekistonda -27 darajagacha sovuq ob-havo kuzatiladi'ning rasmi

"O`zgidromet" tezkor axborot e`lon qildi. 

Unga ko`ra, joriy yilning 9 yanvar kuni O`zbekiston hududiga Volgabo`yi hududlaridan Rossiya Evropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

9-11 yanvarda O`zbekistonning katta qismida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tog` oldi va tog`li hududlarda qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. 9-10 yanvarda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10-15 yanvarda respublika bo`yicha anomal sovuq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari -12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari -5-8 daraja sovuqgacha, shimolda kechalari -17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda -25-27 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg`ona vodiysida kechalari -5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari -2-5 daraja sovuqgacha pasayadi.

Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

    Boshqa yangiliklar