AsosiyJamiyat

Qozog`istondagi yanvar tartibsizliklarida O`zbekiston fuqarolari ham qatnashgani ma`lum bo`ldi

'Qozog`istondagi yanvar tartibsizliklarida O`zbekiston fuqarolari ham qatnashgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Qozog`iston bosh prokurori Berik Asilov yanvar tartibsizliklari chog`ida qaysi mamlakatlar fuqarolari jinoyatlar sodir etganini ma`lum qildi, deb yozadi "Tengrinews".

“Ommaviy tartibsizliklarda qatnashishda va boshqa jinoyatlarda chet elliklar ham gumonlanmoqda. Ular orasida O`zbekiston, Rossiya, Qirg`iziston va Tojikiston fuqarolari bor”, — dedi Asilov Majilis (parlament quyi palatasi)da ma`ruza bilan chiqish qilib.

Shuningdek, u qo`lga olinganlar orasida buzg`unchi diniy oqimlarga mansub bo`lgan sakkiz kishi borligini ham aytdi.

Bugun, 5 yanvar kuni Qozog`iston  bosh prokurori Berik Asilov va ichki ishlar vaziri Marat Axmetjanov quyi palatada yanvar voqealari yuzasidan surishtiruvning borishi haqida hisobot bermoqda.

    Boshqa yangiliklar