AsosiyJamiyat

Jizzaxda ovchi o`zini o`zi otib qo`ydi

'Jizzaxda ovchi o`zini o`zi otib qo`ydi'ning rasmi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida ro`yxatda turib, Jizzax viloyati Forish tumani Do`stlik mahalla fuqarolar yig`inida vaqtincha yashovchi X.Ch. ov qurolidan jarohatlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Chorva mollaridan xabar olish maqsadida yo`lga chiqqan ushbu shaxsning ehtiyotsizligi oqibatida elkasidagi miltiq otilib ketib, sochma qo`rg`oshin o`qning bir donasi tovoniga tekkan. U shifoxonaga yotqizilgan.

“Ij-54” rusumli, 12 kalibrli, 2 stvolli ov quroliga jabrlanuvchi qonuniy egalik qilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar