Eslatib o`tamiz, dekabr oyi oxirida portugaliyalik hujumchi "Al-Nasr"ga o`tib, 2025 yilgacha mo`ljallangan shartnoma imzolagan edi.
Saudiya Arabistonidagi islom qonunlari turmush qurmaganlarning birga yashashini taqiqlaydi. Biroq, Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodrigesga kelsak, istisno qilinadi, deb xabar beradi EFE.
Fuqarolik huquqi bo`yicha ixtisoslashgan saudiyalik huquqshunoslarga ko`ra, arab davlati polisiyasi endi nikohsiz birga yashayotgan xorijlik juftliklarni jinoiy javobgarlikka tortmaydi.
Jorjina Saudiya Arabistonida yashash uchun viza olishning ikkita yo`li bor: birinchidan, Al-Nasr u bilan qandaydir hamkorlikka kirishishi kerak bo`ladi yoki - qiz 90 kun davomida mamlakatda doimiy qolish imkonini beruvchi turistik viza oladi.
Biroq ta`kidlanishicha, Saudiya Arabistonining mehnat qonunlari qirollikka kirish vizasini olgan har qanday ayol Saudiya Arabistonida yashovchi erkakning xotini, ishchisi yoki qarindoshi bo`lishini talab qiladi.
Diplomatik vakolatxonalar turmushga chiqmagan ayolga viza bera olmaydi, lekin Ronaldu va uning sevgilisi uchun ular bunga ko`z yumadilar.