AsosiyJamiyat

Kontrakt pullarini to`lash muddati uzaytirildi

'Kontrakt pullarini to`lash muddati uzaytirildi'ning rasmi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, To`lov-kontrakt mablag`larini to`lash muddati 20 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda DTM xabar bermoqda.

Unga ko`ra, 2022/2023 o`quv yilida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari, magistratura mutaxassisliklariga to`lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar, o`qishi ko`chirilgan (ko`chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o`qishi uchun to`lov haqini o`tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so`nggi muddati 2023 yilning 20 yanvari etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan 2022 yil 10 dekabrdan keyin kontraktini to`laganlarning to`lovi ham inobatga olinadigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar