Bugun, 5 yanvar kuni soat 14:40 da Toshkent shahar Bektemir tumani “H.Bayqaro” MFY H.Bayqaro ko`chasida joylashgan korxonalarning biridagi sexda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, voqea joyiga 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:43 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:51 da qurshab olingan va soat 14:57 da o`chirilgan.
Yong`in oqibatida sexning taxminan 35 kv.m maydonida penopolistirol mahsulot chiqindilari yongan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






