AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari havo iliq bo`ladi - “O`zgidromet”

'Dam olish kunlari havo iliq bo`ladi - “O`zgidromet”'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, dam olish kunlari O`zbekistonga Turkmaniston hududlaridan nam va iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Respublikaning katta qismda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, faqat shimoliy va sharqiy hududlarda yog`ingarchilik kutilaydi.

Bugun kunduzi havo 7-12o iliqgacha, ertaga 10-15o iliqgacha isiydi, yakshanba kuni esa yana 7-12o iliq bo`ladi.

Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab tuman tushishi kuzatiladi.

Respublikaning tog`li hududlarida ushbu kunlarda qor ko`chishi xavfi bor.

    Boshqa yangiliklar