AsosiyJamiyat

Quyuq tuman tufayli Namangan va Andijon aeroportlari faoliyati to`xtatildi

'Quyuq tuman tufayli Namangan va Andijon aeroportlari faoliyati to`xtatildi'ning rasmi

Namangan va Andijon xalqaro aeroportlarida quyuq sovuq tuman tufayli ko`rishning yomonlashishi havo kemalarini qabul qilish va jo`natishni vaqtincha to`xtatilishiga olib keldi. Bu haqda UZBEKISTAN AIRPORTS xabar bermoqda.

Xususan, Namanganda ko`rinish chegarasining 700 metrgacha pasayib ketishi sababli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9816/9821 (Orenburg — Namangan — Irkutsk) va HY9822/94 (Irkutsk — Namangan — Toshkent) yo`nalishlari bo`yicha reyslari o`zgartirildi.

Air Arabia aviakompaniyasining G9784/785 (Sharja — Namangan — Sharja), shuningdek, Red Wings aviakompaniyasining WZ4483/4484 (Moskva — Namangan — Moskva) reysi Toshkent xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.

Noqulay ob-havo sharoiti (ko`rish masofasi 900 metr) Andijon aeroporti ishining cheklanishiga ham sabab bo`ldi.  

“Uzbekistan Airways”ning HY091 (Toshkent — Farg`ona), HY049 (Farg`ona — Samarqand), HY050 (Samarqand — Farg`ona) va HY092 (Farg`ona — Toshkent) reyslari o`zgartirilgan yo`nalish bo`yicha amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar