AsosiyJamiyat

Ta`tildan erta qaytgan talabalar uchun sharoitlar yaratish bo`yicha ko`rsatma berildi

'Ta`tildan erta qaytgan talabalar uchun sharoitlar yaratish bo`yicha ko`rsatma berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov respublikamizning barcha oliy ta`lim muassasalari rektorlari va prorektorlariga uzaytirilgan ta`til yakuniga kelmay oliygohga kelgan talabalarga tegishli shart-sharoitlar yaratish bo`yicha ko`rsatmalar berdi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, ayni damda qishki ta`til uzaytirildi, ammo yotoqxonaga ertaroq kelib, o`qishga tayyorgarlik ko`rish yoki boshqa maqsadli ishlarni ko`zlab hududlardan ta`lim muassasalariga kelib bo`lgan talabalarga qishki qo`shimcha ta`tilni o`z yaqinlari bilan birga ota-onalari bag`rida samarali o`tkazishlari tavsiya qilinadi va bunga barcha sharoitlar yaratish bo`yicha individual ishlar olib borilmoqda.

Havo haroratining keskin tushishi natijasida mavsumiy yuqumli kasalliklarning avj olishi yuqori ekanligi tushuntirilib, har bir talabaga real vaziyatdan kelib chiqib, xohishlariga ko`ra zarur sharoit yaratib berish choralari ko`riladi.  

Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri tomonidan mazkur topshiriq barcha ta`lim muassasalari rahbarlariga berilgan. Shuningdek, talabalarning ta`tillarini samarali tashkil etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

Shu o`rinda, o`z yashash hududlarida qolgan talabalarga o`z ustilarida ishlash, kitob mutolaa qilish, onlayn darslar orqali o`z bilim va ko`nikmalarini oshirishlari tashkil etiladi.

Talabalar har qanday muammoli vaziyatlarda o`zlari tahsil olayotgan oliy ta`lim muassasasi rektoratiga murojaat qilishlari so`ralmoqda.

Bu choralarning barchasi havo haroratining keskin tushishi natijasida talabalar sog`ligiga jiddiy zarar etkazmaslik maqsadida amalga oshirilmoqda.  

Shu o`rinda OTMlar rahbariyatiga har bir talaba uchun qo`shimcha qishki hordiqni samarali tashkil qilish va bunda insoniylik tamoyillariga rioya qilib, masalaga echim topish   qat`iy belgilangan. 

 

    Boshqa yangiliklar