Surxondaryo viloyatida "KamAZ" va "VAZ 21011" ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi .
Ma`lum qilinishicha, 4 yanvar kuni Uzun tumani "Chinor" mahallasidan o`tgan 4R-101 avtomobil yo`lining 122-kmda "VAZ 21011" avtomobili shu yo`nalishda harakatlanib ketayotgan "KamAZ"ga borib urilgan va yo`l chetiga ag`darilib ketgan.
Hodisa oqibatida engil avtomobildagi ayol kishi va uning qo`lidagi 2022 yil tug`ilgan farzandi og`ir jarohat olib shifoxonada vafot etgan.
Voqeaga "VAZ 21011" avtomobili tezlikni me`yoridan oshirib harakatlangani va haydovchining tajribasizligi sabab bo`lgani aniqlangan.






