AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kutilayotgan anomal sovuq kunlarida bolalarning ishlovchi ota-onalariga qanday imtiyozlar berilishi haqida ma`lumot berildi

'O`zbekistonda kutilayotgan anomal sovuq kunlarida bolalarning ishlovchi ota-onalariga qanday imtiyozlar berilishi haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma`lum qilishicha, amaldagi Mehnat kodeksining 228-1-moddasiga muvofiq, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta`minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan uch yoshga to`lmagan bolalari bor ayollarga ish vaqtining haftasiga o`ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanishi lozim. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati chog`ida ayollar mehnatiga haq to`lash kamaytirilmaydi.

 Mehnat kodeksining 229-moddasiga muvofiq, o`n to`rt yoshga to`lmagan bolasi (o`n olti yoshga to`lmagan nogironligi bo`lgan bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a`zosini parvarish qilish bilan band bo`lgan shaxsning iltimosiga ko`ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to`liqsiz ish kuni yoki to`liqsiz ish haftasi belgilashga majburdir.

Ushbu Kodeksning 231-moddasiga ko`ra o`n to`rt yoshga to`lmagan bitta va undan ortiq bolani (o`n olti yoshga to`lmagan nogironligi bo`lgan bolani) tarbiyalayotgan yolg`iz ota, yolg`iz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg`iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik ta`tillar, ularning xohishiga ko`ra yoz vaqtida yoki ular uchun qulay bo`lgan boshqa vaqtda beriladi.

Bundan tashqari, farzandlari ta`til bo`lgan vaqtda ota-onalar uchun ularning ish beruvchilarga:

- yillik mehnat ta`tilini ushbu vaqtda berishi;

- kelishuvga ko`ra ish haqi saqlanmagan ta`til berishi;

- moslashuvchan ish vaqti rejimida yoki masofadan turib ishlash rejimida ishlashga ruxsat berish va rasmiylashtirish tavsiya etiladi.

    Boshqa yangiliklar