AQSh Kongressi a`zosi Mett Gets sobiq prezident Donald Trampni Vakillar palatasi spikeri etib saylashni taklif qildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
“Men Donald Tramp nomzodini Vakillar palatasi spikeri lavozimiga ilgari suraman”, – degan u.
Kongressmen sobiq prezident davrida ichki va tashqi siyosatda katta muvaffaqiyatlarga erishilganini ma`lum qilgan. Bu Getsning Tramp nomzodini birinchi marta ilgari surishi emas. Payshanba kuni spiker saylash jarayonida ham Oq uyning sobiq rahbarini lavozimga tayinlash taklifi tilan chiqqandi.
AQSh kongressmenlari 10 safardan buyon o`ziga spiker tanlay olmayapti. So`nggi bor bunday holat 1859 yilda kuzatilgan edi.






