AsosiyJamiyat

Samarqanddagi ayrim maktablarda ta`til vaqti o`zgardi

'Samarqanddagi ayrim maktablarda ta`til vaqti o`zgardi'ning rasmi

Samarqand shahrida 15—16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlari ishtirokida sammit bo`lib o`tgandi. Shu munosabat bilan ayrim maktablarda navbatdan tashqari ta`til e`lon qilingan edi. 

Viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, umumiy o`rta ta`lim muassasalariga 5—19 sentyabr  kunlari navbatdan tashqari ta`til berilgan. Qoldirilgan dars soatlari o`quv yili davomida beriladigan ta`tillar hisobiga qoplanishi belgilangan.

Shunga ko`ra, qoldirilgan darslar o`rni qishki ta`til kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan, (2023 yil 5, 6, 7, 9, 10 yanvar kunlari) jami 5 o`qish kuni evaziga qoplanishi rejalashtirilgan. Samarqandagi yuqorida nomlari sanab o`tilgan maktablarda 5 yanvardan dars boshlangan.

Hukumatining tegishli yig`ilish bayoniga asosan, umumta`lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o`quvchilarining qishki ta`til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023 yilning 17 yanvarigacha uzaytirilishini hisobga olib, mazkur maktablarda ham 7 yanvardan navbatdan tashqari ta`til e`lon qilinadi. Qoldirilgan dars soatlari bahorgi ta`tillar hisobidan qoplanadi.

Qayd etilishicha, 2022—2023-o`quv yilining III choragi 2023 yilning 18 yanvaridan boshlanadi. 11—17 yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg`ulotlari o`quv yili davomida boshqa mavzularda tig`izlashtirilib o`qitiladi.

    Boshqa yangiliklar