Davlat statistika qo`mitasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning dekabr oyida respublika bo`yicha 3992 ta nikohdan ajralish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Bu ko`rsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 423 taga oshgan.
Hududlar kesimida qayd etilgan ajralishlar soni:
— Qoraqalpog`iston R. – 155 ta
— Andijon viloyati – 444 ta
— Buxoro viloyati – 198 ta
— Jizzax viloyati – 149 ta
— Qashqadaryo viloyati – 252 ta
— Navoiy viloyati – 131 ta
— Namangan viloyati – 399 ta
— Samarqand viloyati – 344 ta
— Surxondaryo viloyati – 216 ta
— Sirdaryo viloyati – 144 ta
— Toshkent viloyati – 370 ta
— Farg`ona viloyati – 479 ta
— Xorazm viloyati – 210 ta
— Toshkent shahri – 501 ta






