Bugun, 7 yanvar kuni soat 05:20 da Buxoro viloyati G`ijdivon tumani “Degrezon” MFY Degrezon ko`chasida joylashgan savdo majmuasida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 8 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 05:23 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 05:45 da qurshab olingan va yong`in soat 07:50 da to`liq bartaraf etildi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra savdo majmuasining taxminan 250 kv.m. maydonda ichki qismi va mahsulotlari yongan.
Yong`in oqibatida fuqarolarni tan-jarohati olish va halok bo`lish xolatlari qayt etilmadi.
Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman FVB rahbar xodimlari etib borgan.






