AsosiyJamiyat

Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 o`quv yilidan o`z faoliyatini boshlaydi

'Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 o`quv yilidan o`z faoliyatini boshlaydi'ning rasmi

“Qishki sport turlari bo`yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” gi Hukumat qarori (3-son, 06.01.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vao`irligi xabar qildi. 

Qaror bilan qishki sport maktabining asosiy vazifalari belgilandi.

Qishki sport turlari bo`yicha o`quv-mashq yig`inlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qishki sport turlari bo`yicha maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish shular jumlasidandir.

Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 o`quv yilidan o`z faoliyatini boshlaydi hamda maktabdan tashqari sport-ta`lim muassasasi hisoblanadi.

Maktabni tashkil etish va sport inshootlarini qurishda qishki sport turlari (figurali uchish, konkida uchish, short-trek, hokkey) bilan o`quvchilarning doimiy mashg`ulot o`tkazishlari uchun zamonaviy yopiq muz saroyi va ochiq sport maydoni hamda maxsus trenajyor zaliga ega bo`lishi lozim.

Ma`lumot uchun: Qishki sport turlari bo`yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi Prezidentning 2022 yil 1 iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar