Jizzaxda yuqori tezlik sabab ayanchli YTH sodir bo`ldi.
Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati hodisa bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 4 yanvar kuni soat 17:30 larda, Jizzax viloyati, G`allaorol tumani hududidan o`tuvchi 4P-41 "G`allaorol-O`smat-Baxmal" avtomobil yo`lining 16-kilometrida "Baxmal-G`allaorol" yo`nalishida haydovchi, 1999 yilda tug`ilgan O.M. "Lacetti" rusumli avtomobilda yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida boshqaruvni yo`qotgan va yo`lning o`ng tomoniga chiqib ketib, transport vositasi daraxtga urilgan.
YTH natijasida avtomobil salonida bo`lgan yo`lovchilar, 2004 yilda tug`ilgan N.A. olgan og`ir tan jarohatlari bilan voqea joyida, 1968 yilda tug`ilgan K.K. shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, avtomobil haydovchisi hamda salonda bo`lgan yana bir yo`lovchi engil tan jarohatlari olgan.
Mazkur YTH yuzasidan G`allaorol tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






