Tolibon Afg`onistonda xizmat qilayotganda 25 kishini o`ldirganini tan olgan Britaniya shahzodasi Garrining harbiy jinoyatlarini tergov qilishni talab qilmoqda. Bu haqda afg`on guruhi vakili Suhayl Shahin ma`lum qilgan.
Gap Garri Afg`oniston janubida joylashgan Kemp Bastion bazasida harbiy xizmatni o`tagan 2012-2013 yillar haqida ketmoqda. O`shanda Garri "Apache" vertolyotini boshqargan va 25 jangarini yo`q qilishga muvaffaq bo`lgan. Shahzoda yaqin atrofda tinch aholi yo`qligiga amin ekanligini aytgan.
U o`z xotiralarida “Buyuk Britaniyaga butun a`zolarim bilan qaytishni istardim, lekin bundan ham ko`proq vijdonim toza holda vatanga qaytishni xohlardim”, deb qayd etgan.
Shahin Sky News telekanaliga bergan intervyusida halok bo`lganlarni “Afg`on ozodligi uchun kurashuvchilar” va shahzodani ingliz bosqinchisi deb atagan. Shunday qilib, shahzoda Garri insoniyatga qarshi jinoyat qilgan bo`lib chiqmoqda.
“Ular xalq qahramonlari edi, siz esa ularning dushmani edingiz”, deb qo`shimcha qilgan ma`ruzachi.






