“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9816/9821/9822/094 (Namangan-Irkutsk-Namangan-Toshkent) reysi o`zgartirilgan yo`nalish va jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Bu haqda "UZBEKISTAN AIRPORTS" xabar bermoqda.
HY9816 Toshkentdan mahalliy vaqt bilan soat 15:40 da jo`naydi. Namanganga etib kelish vaqti 16:30.
HY9821 Namangandan 17:40 da jo`naydi. Irkutskga uchib borish vaqti 21:45.
HY9822 Irkutskdan mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da jo`naydi. Namanganga mahalliy vaqt bilan soat 03:50 da etib kelishi rejalashtirilmoqda.
HY094 Namangandan 04:50 da jo`naydi. Toshkentga etib kelish vaqti esa 05:30.






