AsosiyJamiyat

2022 yilda 90.57 mlrd so`m bo`lgan dori vositalariga sertifikat berish rad etilgan

'2022 yilda 90.57 mlrd so`m bo`lgan dori vositalariga sertifikat berish rad etilgan'ning rasmi

Respublikadagi Farmasevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish organlariga bo`lgan murojaatlar asosida 2022 yil davomida taqdim qilingan dori vositalari belgilangan tartibda sertfikatlashtirish uchun tekshiruvdan o`tkazilgan. Bu haqda Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi "Darakchi.uz" xabar berdi.

Tahlillar natijasiga ko`ra 24 ta davlatda jumladan, Avstriya, Argentina, Armaniston, Bangladesh, Belorussiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Makedoniya, Gollandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Rumniya, Slovakiya, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Shveysariya davlati hamda yurtimizda ishlab chiqarilgan 271 turdagi  3 382 502  shartli o`ram, umumiy qiymati 90.57 mlrd so`m bo`lgan dori vositalari (to`liq ro`yxat)  sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlanib qo`llash uchun yaroqsiz deb topildi hamda sertifikatlashtirilishi rad etilib, mazkur sifatsiz dori vositalarining muomalaga chiqarilishini oldi olindi.

Ma`lumot uchun, "Muvofiqlik sertifikati" — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to`g`risida”gi yagona nizom (ro`yxat raqami 80-son 21.02.2022)ga ko`ra, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizasiya qilish, faoliyat uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to`xtatilishiga olib keladigan, lisenziya talablari va shartlarini qo`pol ravishda buzilishi hisoblanadi!

    Boshqa yangiliklar