AsosiyJamiyat

Buxoroda noqonuniy "gaz zapravkalar" aniqlandi

'Buxoroda noqonuniy "gaz zapravkalar" aniqlandi'ning rasmi

Buxoro viloyatida "gaz zapravkalar" tomonidan 26 mlrd so`mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 yanvaridan 6 yanvariga o`tar kechasi viloyatning ayrim metan gaz yonilg`i quyish shoxobchalarida o`rganishlar o`tkazilgan.

O`rganish davomida Vobkent tumanidagi “Dildora” va “Osiyo Buxoro gaz” nomli mas`uliyati cheklangan jamiyatlarga qarashli 3 ta shoxobchadagi tabiiy gaz quvurlariga o`rnatilgan “Avtopilot-PRO” rusumli gaz hisoblash uskunasidagi mavjud impuls trubkasi mahkamlangani hamda gaz o`tish harakati pasaygani ma`lum bo`lgan. Natijada gaz diafragmasidan o`tayotgan gaz hajmi sun`iy ravishda kamaytirilgan holda ko`rsatilishiga erishilganligi aniqlangan.

Buning ortidan “Dildora” MChJga qarashli 2 ta shoxobcha tomonidan 11,1 mlrd so`mlik (11.162.880 m3) hamda “Osiyo Buxoro gaz” MChJga qarashli shoxobcha tomonidan 15,1 mlrd so`mlik (15.153.6003), jami 26,2 mlrd so`mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-toroj qilingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar