AsosiyJamiyat

Namanganda ham 3 yoshli bola "Dok-1 Maks" dorisidan zaharlanib vafot etdi

'Namanganda ham 3 yoshli bola "Dok-1 Maks" dorisidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

Namanganda ikki kun davomida ikki mahaldan "Dok-1 Maks" siropidan iste`mol qilgan 3 yoshli bola vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqda xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, vafot etgan bemor B.Q. shifoxonadan tashqari rivojlangan pnevmoniya, o`tkir kechuvi og`ir formasi, hazm faoliyatini funksional buzilishi va dispeptik holat hamda gipovolemiya og`ir darajasi tashxisi bilan davolangan.

«Bemor 2022 yil 15 dekabr kuni tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan paytda og`ir holatda bo`lgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali tomonidan ko`rsatilgan tibbiy yordam choralariga qaramasdan u 2022 yil 21 dekabr kuni vafot etgan.

Butun respublika bo`ylab ‘Dok-1 Maks’ dori vositasining salbiy ta`siri bo`yicha muammolar kelib chiqishi boshlaganidan keyin so`rab o`rganilganda, vafot etgan bemor onasining so`zidan bu bemor ham uy sharoitida shifokor ko`rsatmasisiz ushbu preparatni qabul qilgani aniqlangan», — dedi viloyat SSB boshlig`i Abdulxodi Iminov.

Avvalroq O`zbekistonda bolalar o`limiga sabab bo`lgan «Dok-1 Maks» tarkibidagi zaharli modda 300 barobar oshib ketgani aniqlangani, SSVning yangi rahbari Quramax’ning barcha dorilari savdosini to`xtatish bo`yicha topshiriq bergani, Toshkent viloyatida «Dok-1 Maks» siropidan 9 nafar bola zaharlangani, Qashqadaryoda «Dok-1 Maks» siropidan 1 yoshli bola vafot etgani, sog`liqni saqlash vaziri «Dok-1 Maks»dan vafot etgan bolalarning ota-onalariga hamdardlik bildirgani haqida xabar qilingandi.

    Boshqa yangiliklar