AsosiyJamiyat

Boyovut tumani XTB sobiq iqtisodchisi 4 nafar fuqaroning 65 000 AQSh dollari va 240 mln so`mini aldab qo`lga kiritgani aniqlandi

'Boyovut tumani XTB sobiq iqtisodchisi 4 nafar fuqaroning 65 000 AQSh dollari va 240 mln so`mini aldab qo`lga kiritgani aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzurida Departamentning bergan xabariga ko`ra, departamentning Boyovut tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman xalq ta`limi bo`limi sobiq iqtisodchisi G.A. va boshqalar 2020-2021 yillarda bosh hisobchi lavozimida ishlagan B.M., M.N.ga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha etkazilgan moddiy zararni qoplab berish evaziga 4 nafar fuqaroning jami 65 000 AQSh dollari va 240 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar