AsosiyJamiyat

Poezdlarga bilet olishda online navbat joriy qilindi

'Poezdlarga bilet olishda online navbat joriy qilindi'ning rasmi

Talabalar yoshlar 7-8-9 yanvar kunlariga onlayn tarzda xarid qilingan chiptalarni boshqa muddatlarga almashtirish maqsadida  chipta.railway.uz saytidan foydalanishmoqda. Shu sababli veb-sayt serverlari ortiqcha yuklangan holatda ishlamoqda.

 "O`ztemiryo`lyo`lovchi" matbuot xizmatining xabariga ko`ra, barcha bo`g`indagi oliy va o`rta ta`lim muassasalarida qishki ta`til muddatlari joriy yil 18 yanvarga qadar uzaytirilgani sababli bugungi kunda talabalar tomonidan joriy yilning 7-8-9 yanvar kunlariga onlayn tarzda xarid qilingan chiptalarni boshqa muddatlarga almashtirish maqsadida talaba yoshlar chipta.railway.uz saytidan foydalanishmoqda, bundan tashqari shu vaqtning o`zida, boshqa yo`lovchilar ham onlayn chiptalarni sotib olish harakatida, temir yo`l kassalarida ham ushbu tizimdan foydalanilmoqda va shu bois, veb-sayt serverlari ortiqcha yuklangan holatda ishlamoqda.

Mazkur vaziyatda, yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida veb-saytda online navbat joriy qilingan. Hozirda ushbu tizimning o`rnatilgan tartibda ishlashi kuzatilmoqda.

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ tizimdagi nosozliklari uchun uzr so`raydi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar