AsosiyJamiyat

​Reseptsiz berish mumkin bo`lmagan dori vositalarini sotgan tadbirkorlarga qanday javobgarlik belgilangan?

'​Reseptsiz berish mumkin bo`lmagan dori vositalarini sotgan tadbirkorlarga qanday javobgarlik belgilangan?'ning rasmi

Ushbu savolga Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati mutaxassisdan javob oldi

Muhabbat Ibragimova,
Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori maslahatchisi: 

— Qonunchilikka ko`ra, tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi va psixotrop moddalar, giyohvandlik vositalari mavjud bo`lmagan, resept bilan beriladigan dori vositalarini reseptsiz sotish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o`n baravarigacha jarimaga sabab bo`ladi. 

Tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarni reseptsiz sotish esa bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorida jarima, ikki yil axloq tuzatish ishlari yoki uch yillik qamoq jazosiga sabab bo`ladi. 

Dorixonalar muntazam ravishda bunday qonunbuzarlikni sodir etib kelgan taqdirda, bu holat lisenziya talablari va shartlarining qo`pol ravishda buzilishi hisoblanib, lisenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to`xtatilishiga olib keladi.

Dorixonalarga tadbirkorlik sub`ekti deb qaraladi. Holbuki, u erda oq xalat kiygan mutaxassislar ishlaydi. Bu – ular barcha farmasevtik talablarga to`liq javob berishi kerak degani. 

Shuning uchun mamlakatimizdagi barcha dorixonalar tomonidan zarur dorixona amaliyoti talablari bajarilishini ta`minlash lozim.
 

    Boshqa yangiliklar